"Qo‘qon-1912" va "Bunyodkor" hech qachon murosaga ko‘nmagan

  • 2 aprel, 2021, 10:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Superligasining 4-tur bahslari davom ettiriladi. Kun dasturidan o‘rin olgan yana bir e’tiborli bahsda "Qo‘qon-1912" jamoasi "Bunyodkor"ni o‘z maydonida qabul qiladi. 

Tecno

Jamoalar shu davrgacha o‘zaro 12 ta o‘yinda to‘qnash kelishga ulgurgan. Ularning 4 tasida qo‘qonliklar, 8 tasida toshkentliklar g‘alabani qo‘lga kiritgan. Ular o‘rtasidagi hech bir bellashuvda durang nati

jasi qayd etilmagan. 

"Qo‘qon-1912"ning bugungi raqiblari ustidan qozongan eng yirik g‘alabasida tablodagi hisob 3:0 ko‘rinishini olgan. "Qaldirg‘ochlar" esa "shunqorlar"ni 5:0 hisobi bilan taslim etishga erishgan. 

Gollar nisbati ayni damda 13-23 ni tashkil etib turibdi. Bu borada, tabiiyki, "Bunyodkor" oldinda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!