"Qo‘qon-1912" Toshkentdagi mashg‘ulotlarni boshladi. Tarkibda yangilar bor

  • 9 fevral, 2021, 00:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi o‘tgan mavsumida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Qo‘qon-1912" jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini qizg‘in olib bormoqda. Vodiyliklar Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni boshlagan. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tecno

"Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi kechadan Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlashdi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda. Toshkent yig‘inida jamoamizning ikki nafar etakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamov ishtirok etishmayapti. Bu futbolchilar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inida ishtirok etish uchun Dubayga jo‘nab ketgan. Yosh hujumchimiz Hamidillo Abduhamidov esa, shifokorlarimiz nazorati ostida davolanish jarayonini davom ettirmoqda.

Tarkibimizga yangi futbolchilar ham qo‘shilgan. “Shunqorlar”ning mashg‘ulotlariga Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan yarim himoyachi Asadbek Sobirjonov kelib qo‘shildi. Asadbek Sobirjonov 2000-yilda tug‘ilgan , biroq yosh bo‘lishiga qarmasdan superligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga ulgurgan. Sobirjonov OChLda ham 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Viloyat xokimi kubogi-2021” musobaqasida “Istiqlol” jamoasi safida o‘ynab, musobaqaning “eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritgan xujumkor yarim himoyachi Anvarjon Xojimirzaev ham jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shildi. Tarkibimizga ikki nafar yosh iqtidor egalari qo‘shilishgan . Bular “Neftchi” jamoasidan Ilxom Vahobov (18 yosh), “Chig‘atoy” futbol akademiyasidan Jamshid Rahmatullaev (18yosh).

Quyida Toshkent yig‘inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Muzaffar Abdullaev, Xurshid Xo‘jaev, Eldor Adhamov.

Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Avazxon Mamatxo‘jaev, Ilxomjon Vaxobov.

Yarim himoyachilar: Muhammadanas Xasanov, Jamshid Rahmatullaev, Iqbol Malikjonov, Farhod Bekmurodov, Sardor Etovqo‘ziev, Anvarjon Xojimirzaev, Sardor Azimov, Asadbek Sobirjonov, Suhrob Berdiev

Hujumchilar: Mo‘min Meliev, Shohnazar Norbekov, Andrey Sidorov", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!