"Qo‘qon-1912" Superliga debyutantiga qarshi tayyorgarlikni boshladi

  • 4 mart, 2022, 22:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi"ga qarshi o‘tgan o‘yindan so‘ng bir kun dam olgan "Qo‘qon-1912" jamoasi a’zolari bugundan navbatdagi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Futbolchilar bugun Qo‘qondagi "markaziy" stadionida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

"Shunqorlar" Superliganing 2-tur uchrashuvini o‘z maydonlarida Toshkentning "Olimpik" jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Temur Kapadze shogirdlari 1-turda "Surxon" jamoasi bilan murosa ko‘chasini tanlagan edi. "Qo‘qon-1912" - "Olimpik" uchrashuvi Qo‘qondagi "markaziy" stadion projektorlari yangilanayotganligi bois Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yin 9-mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!