
"Qo‘qon-1912" "Sho‘rtan"ga qarshi nazorat o‘yini o‘kazdi. Tarkibda kongolik futbolchi bor
Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda jangovar durang natija qayd etildi - 3:3. Qayd etish joiz, bugungi bellashuvda qo‘qonliklar safida ko‘rikda bo‘lib turgan kongolik Uilyam Mikanda ham maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Aziz To‘xtaboev shogirdlari Superligada ortda qolgan 13 turdan so‘ng 8 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Qo‘qonliklar 14-turda Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo‘lishadi.
Nazorat o‘yini
"Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" 3:3
Gollar: Suhrob Berdiev (53,76), Jamshid Xasanov (54) - Samandar Shodmonov (19), Ma’ruf Murodov (21), Sherzod Temirov (38).
Fikrlar