"Qo‘qon-1912" safiga "Andijon" klubi sardori qo‘shildi

  • 11 yanvar, 2020, 21:58
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent shahridagi yig‘ini davom etmoqda. Mashg‘ulotlar bosh murabbiy tuzgan reja asosida, kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda.

Tecno

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tarkibga yangi futbolchilarning kelib qo‘shilishi davom etmoqda. Bugungi mashg‘ulotlarga o‘tgan mavsum "Andijon" jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushgan tajribali himoyachi Bobur Akbarov kelib qo‘shildi.

Akbarov hozircha ko‘rikda bo‘lib turibdi. "Shunqorlar" navbatdagi nazorat uchrashuvini 14 yanvar kuni o‘tkazadilar. Shu kuni andijonliklarga Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Navbahor chempion inshaalloh
11/01/2020 21:59
"Шу куни андижонликларга Жиззахнинг "Сўғдиёна" жамоаси рақиблик қилади"-soʻgʻdiyina bilan Andijon oʻynaydimi yoki qoʻqon.adminlar adashmelar