
"Qo‘qon-1912" qisqa muddatli tanaffusga chiqdi
Bugun Davron Fayziev boshchiligdagi “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentdagi navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini yakunlashdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
10 kun davomida jamoa uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Toshkentdagi tayyorgarlik vaqtida “Qo‘qon-1912” pro liga vakillari “Aral” (2:1), “Mash’al” (1:1) va Superliga jamoasi “Metallurg”ga (1:2) qarshi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Endi jamoa vakillari qisqa tanaffusdan so‘ng 21 fevraldan yana Toshkentda yig‘ilishadi va yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Fikrlar