"Qo‘qon-1912" qarzdorliklarni bartaraf etdi

  • 26 noyabr, 2022, 12:02
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyogarlik ko‘rishdan avval “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘tgan mavsumdagi qarzdorliklarni bartaraf qildi.

Tecno

O‘tgan mavsumdagi moliyaviy muammolar sababli jamoaning qarzlari ancha ko‘payib va to‘planib qolgan edi. Bugungi kunga kelib klub barcha hamkorlari, sport kiyimlari etkazib beruvchi kompaniya, mehmonxonalar, transport xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlar xullas barcha xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlar bilan to‘liq hisob-kitob qildi.

Shuningdek jamoada faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, murabbiy va futbolchilar oldidagi bu yilgi qarzdorliklar bartaraf qilindi. Faqat ayrim futbolchilarning hisob-kitoblariga biroz aniqlik kiritilmaganligi sababli qarzdorlik mavjud bo‘lib turibdi. Shu kunlarda qo‘qonliklar rahbariyati jamoadan haqdor bo‘lgan futbolchilar bilan ham o‘zaro hisob-kitoblarini yakunlaydi. “Shunqorlar” rahbariyati yangi mavsumga tayyorgarlikni hech qanday qarzdorliksiz boshlashni maqsad qilgan.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgoy
26/11/2022 12:40
Тушиб кетган жамоа карздорликни бартараф этиши бу жамоалар сони купайишидан далолат эмасми. Булмасам кайси ва качон тушиб кетган жамоа карздорликларни бартараф этган. Билдириб куйвосизлар ПФЛ