"Qo‘qon-1912" "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladi

  • 13 may, 2022, 23:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi ikki uchrashuvni poytaxtda o‘tkazgach, bugun Qo‘qon shahriga qaytib keldi. Jamoamiz Coca Cola Superligasining navbatdagi 9-tur uchrashuvini Yaypanda, Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

"Shunqorlar" bugundan ushbu uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Superligada har bir o‘yin va har bir ochkoning qiymati tobora ortib bormoqda. Jamoalar o‘rtasidagi raqobat turdan-turga keskinlashib, chempionatimiz har yilgidan-da qiziqarli tarzda davom etyapti.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari  "Paxtakor" bilan bo‘ladigan o‘yinda o‘z muxlislarini xursand qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladilar. "Qo‘qon-1912" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar har doim shiddatli kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tadi.

Jamoamiz so‘nggi marta o‘z maydonida 2021 yilning 1 oktyabrida  "Paxtakor"ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Endi o‘sha g‘alaba tasodif emasligini isbotlaydigan palla yaqin. Oldinda turgan qiyin o‘yinda albatta muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari yigitlarimizga yordam beradi.

18 may kuni, Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida g‘alabani birgalikda qo‘lga kiritamiz. Biz tayyorgarlikni boshladik, sizchi tayyormisiz?

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!