
“Qo‘qon-1912” oxirgi 5 ta o‘yindan beri “So‘g‘diyona”ni Jizzaxda yuta olmayapti
Superliga 12-tur doirasidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 22 iyun kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tadi. "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 26 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 8 tasida qo‘qonliklar zafar quchishgan, 12 ta bahsda jizzaxliklarning qo‘li baland kelgan. Oltita uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi – 40-30, “So‘g‘diyona” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 30 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona””ning ochkosi 42 tani tashkil etadi.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi 5 uchrashuv:
19.10.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:0
25.04.2018 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:1
19.11.2017 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:1
29.10.2016 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 1:1
26.06.2015 «So‘g‘diyona» – «Qo‘qon-1912» 2:1
Hakamlar
22 iyun kuni Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi.
Coca Cola Superliga
12-tur
22 iyun, shanba
SO‘G‘DIYoNA – QO‘QON-1912
Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Aleksandr Burov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Boshlanish vaqtlari
“So‘g‘diyona” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, shanba kuni Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohda soat 19:30da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 12-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin “So‘g‘diyona” qarorgohi stadionida soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar