
"Qo‘qon-1912" nazorat uchrashuvida "Bunyodkor" U-21 jamoasini mag‘lub etdi
Bugun pro liga vakili “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor” o‘rinbosarlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Kuni kecha qo‘qonliklar safiga qo‘shilgan Bahrom Abdurahimov ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.
“Qo‘qon-1912” tarkibi: Mirzoxidjon Jalilov, Farhod Mirahmadov, Zafar Akramov, Fayzullo Qambarov, Asliddin Toshtemirov, Iqbol Malikjonov, Islombek Sharipov, Ibrohim No‘’monov, Anvar Alijonov, Bahrom Abdurahimov, Shahzod Beshimov.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganlar: Nuriddinov, Paxlavonov, Merzlyakov, Zokirjonov, Abduhamidov, Muxtorov, Komilov, Ismoilov, Sidorov, Turdialiev.
Birinchi bo‘limda Shaxzod Beshimov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Doniyor Ismoilov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yosh “qaldirg‘ochlar” bitta gol bilan javob qaytarishdi va yakuniy hisobi 2:1 “Qo‘qon-1912” foydasiga.
Fikrlar