
"Qo‘qon-1912" nazorat o‘yinida "Xorazm"ni taslim etdi
Bugun "Qo‘qon-1912" jamoasi "Ahmad Yassaviy" stadionida "Xorazm"ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan vodiyliklar raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bellashuvdagi yagona golni Murodjon Komilov kiritdi. U kuchli zarbasi raqib darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi.
Ma’lumot o‘rnida, "Qo‘qon-1912" klubi Pro-liga ilk turida "Sho‘rtan"ga qarshi bahs olib boradi. "Xorazm" esa "Yunired" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar