"Qo‘qon-1912" legioneri bilan shartnomani uzaytirdi
"Qo‘qon-1912" klubiga yozda kelib qo‘shilgan gruziyalik yarim himoyachi Shota Gvazava jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib oldi.
Ikkinchi davradagi ishonchli o‘yinlari orqali muxlislar e’tiboriga tushgan futbolchi bilan "Qo‘qon-1912" kelishuvni yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi va endilikda yarim himoyachi kelasi mavsum ham jamoa libosida harakat qiladi.
Shota joriy mavsum «Qo‘qon-1912» safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 tadan gol va assist yozib qo‘ydi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.



Fikrlar