
"Qo‘qon-1912" jamoasining yozgi yig‘in rejasi qanday?
«Qo‘qon-1912» jamoasi birinchi davrani yakunlaganidan so‘ng kichik tanaffusga chiqdi.
Jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlikni 3 iyuldan boshlaydi. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining dastlabki bosqichi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida bo‘lib o‘tadi. U erda jamoa a’zolari asosan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib boradi.
O‘quv-yig‘in davomida klub safiga bir qator tajribali futbolchilar kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar