"Qo‘qon-1912" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 11 dekabr, 17:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. Biroz avval Bahrom Haydarov jamoadan ketgani e’lon qilingan edi. 

Tecno

"Yangi mavsumga o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan "Qo‘qon-1912" jamoasi 2026-yilgi mavsum oldidan yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi. 

"Paxtakor", "Metallurg" va "Dinamo" kabi jamoalarda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan mutaxassis Andrey Shipilov yangi mavsumda "Qo‘qon-1912" jamoasiga bosh murabbiylik qiladi. Murabbiy "Paxtakor" jamoasi bilan birgalikda uzoq yillar davomida ishlagan va "sherlar" safida bir necha bor O‘zbekiston chempioni va Kubok sohibiga aylangan. Shuningdek, o‘sha vaqtlarda Superliganing o‘rtamiyona jamoasi hisoblanmish "Metallurg" bilan 2018-2019-yillarda chempionatda 5-o‘rinni egallagan. Bu bekobodliklar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. 

Andrey Sergeevichga yangi mavsumda ulkan zafarlar tilaymiz va bosh murabbiyimiz boshchiligida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishimizga ishonamiz.

Andrey Sergeevich Shipilov
Tug‘ilgan yili: 23.03.1971
Murabbiylik faoliyati: "Paxtakor" (yordamchi murabbiy) (2007-2017), O‘zbekiston milliy terma jamoasi (yordamchi murabbiyi), O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi (yordamchi murabbiy), "Metallurg" (2018-2021), "Dinamo" (2022)",
- deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!