
"Qo‘qon-1912" g‘alaba qozonmasa bo‘lmaydi, "Dinamo" esa muxlislari uchun o‘ynaydi (o‘zaro o‘yinlar statistikasi)
Superliganing so‘nggi 26-tur doirasidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 12 noyabr kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 21 marta to‘qnash kelishgan. Bu safargi to‘qnashuv O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi 22-to‘qnashuv bo‘ladi.
O‘yinlarning 9 tasida vodiy jamoasi zafar quchgan, 5 ta bahsda samarqandliklar qo‘li baland kelgan. Ettita uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 25:23, “Qo‘qon-1912” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “shunqorlar” 34 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Arslonlar”ning ochkosi 22 tani tashkil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Dinamo" allaqachon Superligada qolish imkonini qo‘ldan chiqargan. "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozonsa, pley-offda Pro-liga jamoasi bilan yuqori divizionda qolish uchun kurashadi. Durang yoki mag‘lubiyatga uchragan holda, "Lokomotiv"ning "Metallurg" bilan o‘yin natijasiga e’tibor qaratiladi.
Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar