"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi: "Aral"da deyarli barcha futbolchi yaxshi, yomoni yo‘q"

  • 27 mart, 2024, 10:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing navbatdagi turida “Aral” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov savollarga javob berdi.

Tecno

- O‘tgan turda uyimizda “Buxoro” bilan uchashuvda xatoga yo‘l qo‘yib yutqazib qo‘ygandik. Yutadigan uchrashuvlarimizda ochko yo‘qotib qo‘ydik. Oldimizga Superligaga qaytish vazifasini qo‘yganmiz. Superligaga chiqish uchun hamma o‘yinda maksimal darajada harakat qilib, ochko olish kerak. Bir hafta davomida tayyorlandik. “Aral”ni qanday jamoa ekanligini bilamiz. Uy maydonida qanday o‘yin ko‘rsatishidan ham xabardormiz. Ularda kreativ futbolchilar ham ko‘p. Mana, o‘ylagan maqsadimizga erishdik.

- “Aral” jamoasida qaysi o‘yinchini ajratib ko‘rsatgan bo‘lardingiz?

- “Aral”da deyarli barcha futbolchi yaxshi, yomoni yo‘q. Qoraqolpog‘istonda ajoyib o‘yinchilar bor. “Neftchi”da o‘ynaganimizda Ne’matillo Quttiboev, Oybek Nurboev kabilar bilan birga o‘ynaganmiz. Qoraqolpog‘istonda shunday o‘yinchilar bor, ular yutqazishni xohlashmaydi. To‘g‘ri, hech kim mag‘lub bo‘lgisi kelmaydi, lekin bunday o‘yinchilar bu erda ko‘proq.

- Maydon haqida fikringiz?

- Bu normal holat. “Aral” bilan bahsga kelishdan oldin Toshkentda ikki kun sun’iy maydonda tayyorlandik. Chunki Nukusda sun’iy maydonda o‘ynashimizni bilardik. Qiyin bo‘lsa ham shunday maydonda tayyorlandik. Yomg‘irda bo‘lsa ham yaxshi yoki yomon maydon bo‘ladimi, ikkala jamoa o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!