
"Qo‘qon-1912" bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazdi va...
Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun Toshkentdagi yig‘ini doirasida ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlab “Bunyodkor” farmga qarshi bahs bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda qo‘qonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Tarkib bilan tanishing: Akobir Qayumov, Habib Sharipov, Azamat Isroilov, Jasur O‘runov, Farhod Mirahmadov, Doston Oripov, Muhammad Isaev, Saidakbar Umaraliev, Sardor Etovqo‘ziev, Murod Komilov, Mo‘min Meliev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Quvonchbek Cho‘lponov, Ibrohim Muxtorov, Xamza Xo‘jaev, Mirzohid Jalilov.
“Qo‘qon-1912”dan Mo‘min Meliev va Azamat Isroilov o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydilar. Kunning ikkinchi yarmida Davron Fayziev jamoasi Superliga vakili “So‘g‘diyona”ga qarshi maydonga tushdi. Bu safar “Qo‘qon-1912” raqibiga 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Dastlab Anvar Hojimirzaev qo‘qonliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyinchalik uchrashuv oxiriga qadar “So‘g‘diyona” 3 ta gol bilan javob qaytardi.
Asosiy tarkib quyidagicha: Nizomiddin Ziyovutdinov, Bobur Akbarov, Abduholiq Qurbonov, Jamshid Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, San’at Shixov, Bobur Qosimov, Iqbol Malikjonov, Doniyor Ismoilov, Anvar Xojimirzaev, Islom Isoqjonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Jalilov, Murod Komilov, Mo‘min Meliev, Farhod Mirahmadov, Jasur O‘runov, Muhammad Isaev, Azamat Isroilov, Sardor Etovqo‘ziev.
Fikrlar