"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi oldidan ustunlik kim tomonda?

  • 5 dekabr, 2023, 12:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga o‘tish o‘yinidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi bugun "Qo‘qon"dagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 14:00 da start oladi.

Tecno

Mazkur bahs oldidan qo‘qonliklar matbuot xizmati jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 24 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning 7 tasida "Qo‘qon-1912" vakillari zafar quchgan, 13 bahsda navoiyliklarning qo‘li baland kelgan. 4 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi: 27-41, “Qizilqum” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Qo‘qon-1912” 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 43 tani tashkil etadi.

Hakamlar:

Ushbu bahsni FIFA referisi Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandr Sidorov va Avaz Abdullaev yordam beradi. Shuningdek, o‘yinda VAR ham ishlaydi. Var hakami Rustam Lutfullin bo‘lsa, AVARga Baxtiyorxo‘ja Shavkatov javob beradi. Nazoratchi Ma’mur Saidqosimov. Komissar Bekzod Aripov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!