
Qonun barchaga barobar, hatto Ronalduga ham (video)
Kecha UEFA Millatlar ligasi A divizion 1-turida Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni o‘ng oyoq barmog‘ida infektsiya borligi sabab maydonga tusholmagan Krishtianu Ronaldu o‘yinni tribunada o‘tirib kuzatib bordi. E’tiborlisi, 35 yoshli futbolchi karantin qoidalariga zid ravishda tibbiy niqobsiz o‘tirgan payti tashkilotchilardan biri kelib uni ogohlantirdi, shundan so‘ng u niqobini taqib oldi.
Fikrlar