
"Qizilqum"ni kimlar tark etdi?
“Qizilqum” matbuot xizmati tarkibdagi o‘zgarishlar xususida xabar tarqatdi. Unda shunday deyiladi:
“Jamoamiz yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab Navoiyda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettiroqda.
Futbolchilarimiz kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarni ko‘tarinki kayfiyatda olib borishmoqda.
Jamoadagi yangiliklarga to‘xtaladigan bo‘lsak, himoyachi Muhsin Ubaydullaev, yarim himoyachilar Jamshid Hasanov, Mirjalol Qosimov, Giorgi Kuxianidze, Islom Kenjaboev, hujumchilar Elguja Grigalashvili va Mate Vatsadzelar jamoa bilan xayrlashgan. Ushbu futbolchilarning barchasiga “Qizilqum” jamoasi ma’muriyati o‘z minnatdorchiligini bildirib qoladi. Keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaydi”.
Shuningdek, klub matbuot xizmati tarkibga yangi qo‘shilgan futbolchilar borasida keyinroq batafsil ma’lumot berishlari haqida yozgan.
Fikrlar