"Qizilqum"da shug‘ullangan legioner Tojikiston chempioni safiga o‘tib ketdi

  • 1 avgust, 2024, 19:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi yig‘in davomida “Qizilqum” safida legioner futbolchi Ruslan Xayloev shug‘ullangandi. Tojikiston va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan yarim himoyachi yaqinda 21 yoshga to‘ladi va joriy mavsumning ikkinchi yarmini “Qizilqum” libosida o‘tkazishi kutilgandi.

Tecno

Lekin amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Xayloev klub lagerini tark etdi va ikiknchi davrani Tojikistonning “Istiqlol” jamoasida boshlaydigan bo‘ldi.

Bugun futbolchi “Istiqlol” bilan salkam bir yillik shartnoma imzoladi. Ruslan bungacha Rossiyada “Zenit”2 va “Tyumen” klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!