"Qizilqum" legionerining dubli evaziga Antaliyadagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi

  • 3 fevral, 2024, 15:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi Turkiyaning Antaliya shahridagi yig‘ini doirasida ilk nazorat uchrashuvini Polshaning “Medz” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Qiziqarli to‘qnashuvda navoiyliklarning qo‘li baland keldi – 2:1. “Qizilqum”ning gruziyalik legioneri Akaki Shulaya 36 va 48-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zini ko‘rsatdi. 81-daqiqada raqib a’zosi Simon Zalevskiy hisobni qisqartirdi. Shulayaning dubli yakunda “Qizilqum”ga g‘alaba keltirdi.

“Qizilqum”: Robert Ozols, Shahboz Jo‘rabekov, Nikolay Tarasaov, Samandar Shukurullaev, Jamoliddin Ubaydullaev, Aziz Usmonov, Giorgi Kuxianidze, Davron Anvarov, Akaki Shulaya, Fayzullo Jumanqo‘ziev, Salohiddin Tursunov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Muzaffarov, Diyor Rahmatilloev, Murodali Usmonov, Ilhom Vahobov, Asadbek Asadov, Bobomurod Bozorov, Abduholiq Tursunov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
03/02/2024 15:57
Қизилқумга Омад ёр бўлсин!