
“Qizilqum” Agamuradov boshchiligida ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi
Yangi bosh murabbiy – Tachmurad Agamuradov rahbarligida Superliga bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qizilqum” jamoasi 7 iyun kuni Muborakning “Mash’al” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.
Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasi maydonida bo‘ladigan o‘yin 19:30da boshladi.
Mazkur futbol uchrashuvi yurtimizda joriy qilingan qat’iy karantin choralari asosida tashkil qilinadi va muxlislarsiz o‘tkaziladi.
“Qizilqum” 13 iyun kuni Superliganing 4-turi uchrashuvida Toshkent viloyatining AGMK klubini qabul qiladi.
Fikrlar