Qizil kartochka, hisobga olinmagan gol va e’tirozlar - Olimpiyachilarimiz Misrga imkoniyatni boy bergan o‘yindan fotogalereya

  • 17 oktabr, 2023, 14:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U23 - Misr U23 terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi, unda vakillarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

Bellashuvning 27-daqiqasida Alisher Odilov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Hojimat Erkinov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi, biroq ofsayd sabab gol bekor qilindi. 57-daqiqada olimpiyachilarimiz  bir kishi kam bo‘lib qoldi: Mahmud Mahammadjonov raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynagan deb topildi va hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

73-daqiqada mehmonlarning ajoyib kombinatsiyasidan so‘ng Bilol Mazher hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Ziyod Muhammad uzoq masofadan super zarba yo‘llab, Nazarov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 

Quyida mazkur bellashuvdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!