CHERY AUTO

"JCh-2026" saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Aliqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi. 

Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

O‘yindan so‘ng Qirg‘iz Respublikasidagi katta auditoriyaga ega "ALA-TOO SPORT" telergam kanalida uchrashuv natijasi e’lon qilingan postda qirg‘izistonlik futbol ishqibozlari o‘zlarining turfa xil munosabatlari bilan o‘rtoqlashdi: 

Qiziqarli tomoni shundaki, mazkur mamlakat futbolining aksar muxlislari va o‘zimizning ko‘llab ishqibozlar o‘rtasida ayrim o‘xshashliklar guvohi bo‘ldik. Misol uchun, "Krokus" nikli muxlis tarkibdagi futbolchilarni almashtirish, o‘ynayotganlar amaldorlarning bolalari degan fikrda. Odatda, bizning ishqibozlar orasida ham bu kabi fikrlar juda ko‘p yangrab turadi. 



Ayazbek ismli muxlisning fikricha, O‘zbekiston terma jamoasi kuchli va Qirg‘iz Respublikasiga tajriba to‘plash uchun biroz vaqt kerak: 



Joldosh ismli futbol muxlisi biroz xazilkashroq ekan: Uning ta’kidlashicha, Qirg‘iz Respublikasi termasining g‘alabasi uchun Norin daryosida krokodil paydo bo‘lishi yoki Braziliya "kok-boru" (ko‘pkarining bir turi) bo‘yicha g‘alaba qozonishi kerak. 



"E A" nikli muxlisning fikriga shaxsan o‘zim ham qo‘shildim: "Hali "ko‘mib tashlashga" erta. Guruhdagi dastlabki bellashuvlar qiyin edi va raqiblar bizdan minimum bir bosh ustun"... Olg‘a, Qirg‘iziston. 



Bu esa o‘zimiznikilarni orasida ham eng ko‘p jaranglaydigan fikrlardan biri: "O‘zi biznikilar yutadimi"?





Tamirlanning ham fikri asosli: "Osiyoda kuchli jamoalardan biri bilan 2:3 o‘ynash yaxshi. Yutqazib qo‘yganimiz biroz achinarli". 



Ulan Baktybekov ismli kanal obunachisi esa biroz negativ fikrda: "Biznikilar o‘ynay olmaydi. Shuning uchun, pulni boshqa narsaga sarflash kerak". 



Mana bu so‘zlar egasi barcha Qirg‘iz Respublikasi termasi ishqibozlari uchun ayni muddao: "Sabr! Kun keladi va biz yaxshi bo‘lamiz". 



Umuman olganda, Qirg‘iz Respublikasi o‘z tarixida hech qachon O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub eta olmagan. Shuningdek, mazkur yurt ilk bor Jahon chempionati saralashining 3-bosqichigacha etib keldi. Ular ilk ikki turni guruhning yaqqol favoritlariga qarshi o‘tkazdi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yin taraflama Eron va O‘zbekistonga qarshi bahslarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Shunday ekan, bu yurt futboli oldinga qadam tashlagan. 

Qatardagi Osiyo kubogida Tojikiston terma jamoasi ham turnir apsetini amalga oshirib, chorak finalga qadar etib borgandi. Bu shundan dalolatki, Markaziy Osiyoda futbol ancha jonlanib qolgan. Aytadigan bo‘lsak, qo‘shnilarimizning yutuqlari bizni xursand qiladi. Ularning o‘zbek futboliga berayotgan yuqori bahosi ham ancha yoqimli. Negativ fikr bildiruvchilar doim bo‘lgan. Faqat mazkur negativlar ham ikki turga bo‘linadi: Asosli va asossiz! Biz sizga filtrlarsiz (faqat maqtovdan iborat yoki faqat pozitiv) o‘zimizga qiziqarli ko‘ringanlarini taqdim etdik, xolos.  

 

 

Karim Xudayqulov 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
11/09/2024 22:35
Куйган саволингга сани молодец узбеклар десинми?