
Qirg‘izistonda yil murabbiyiga aylangan Islom Ahmedovga jiddiy taklif bor
Xabaringiz bor, Qirg‘iziston premer-ligasida “Abdish Ata” klubiga bosh murabbiylik qilgan Islom Ahmedov jamoani o‘tgan yili va bu yilgi mavsumda mamlakat chempionligiga aylantira oldi. Lekin yaqinda ushbu klubni tark etgani haqida xabar berib o‘tgandik.
Shartnomasi yakunlangach, rahbariyat bilan do‘stona xayrlashdi. Hozirda mutaxassis xordiq chiqarmoqda.
Yaqinda Sports.uz saytiga bergan intervyusida uni xizmatiga jiddiy taklif borligi haqida aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Islom Ahmedov bilan hamkorlik qilishni Qirg‘izistonning boshqa bir klubi istamoqda.
Chempion murabbiy hozircha taklif bilan chiqqan jamoa nomini oshkor qilishni istamadi. Lekin muzokaralar davom etmoqda. Tez orada barcha masala hal bo‘lishi kutilmoqda. Aftidan, hamyurtimiz yana Qirg‘iziston chempionatida ishlaydigan ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, Islom Ahmedov 2024 yilda Qirg‘izistonning eng yaxshi murabbiyi sifatida alohida e’tirof etildi.
Fikrlar