Qirg‘iziston terma jamoasi ustozi: "Futbolda tavakkal qilish kerak, raqibni hayron qoldirdik"

  • 11 sentabr, 2024, 09:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“JCh-2026” 3-saralash bosqichi doirasidagi Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyatda qiziqarli va gollarga boy tarzda kechdi.

Tecno

To‘g‘ri, qiyin kechdi va jamoamiz 2:3 hisobida g‘alaba qozondi. Ikki marta hisobda ortda qolganiga qaramay, vaqtida javob gollarini urdilar. Qirg‘iziston terma jamoasi esa yaxshi taassurot qoldirdi.

U erda futbol chindan rivojlanayotganini ko‘rsata oldi. Uchrashuvdan keyin esa qirg‘izistonliklar bosh murabbiyi Maksim Lisitsin quyidagicha fikr birlirdi:

"Bunday o‘yinlarni o‘tkazish murabbiylar uchun og‘ir. Men futbolchilarimga bugungi uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdim. Chunki biz yig‘inlar davomida katta hajmdagi ishlarni bajardik, tayyorlangandik va ijobiy natijadan umid qigandik. Biz ochko olishni juda xohlagandik, ammo, afsuski, ozgina xissiyotlarimizni bo‘ysundira olmadik. Bunday katta saviyadagi o‘yinlar uchun bizga tajriba etishmayapti. Shuning uchun ham bugungi uchrashuv bizning foydamizga hal bo‘lmadi.

Tayyorgarlik muddatimiz oz bo‘lishiga qaramay, bugungi raqibga hozirlik ko‘rib, boshlang‘ich tarkibni tanladik. Siz Aliqulovni Kenjaboevga almashtirdingiz, deb eslatgandingiz. Aslida bu ko‘proq pozitsiyalarni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi. Natijada o‘yin ko‘rsatdiki, bu ba’zi vaziyatlarda raqibimiz uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Biz ikkita gol urganimizga qaramay ayrim vaziyatlarda tavakkalchilikka qo‘l urdik.

Futbolda tavakkal qilish kerak. Bugun esa shunday vaziyat bo‘ldi. Raqibni bu kutilmagan qarorlarimiz bilan hayron qoldirdik. Lekin bu har doim ham qo‘l kelmadi. Chunki biz raqibga ko‘p imkoniyatlar taqdim qildik va ular bu imkoniyatlardan foydalanishdi. Biz bundan xulosa chiqaramizz va tayyorgarligimizni davom ettiramiz. Bu jamoamiz uchun tajriba, ayniqsa yoshlar uchun. O‘ylaymanki, keyingi yig‘inda biz yanada kuchliroq bo‘lamiz", - deydi bosh murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!