
Qirg‘iziston futbol ittifoqi bosh kotibi Kanchelskis borasidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
Qirg‘iziston futbol ittifoqi bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Nurdin Bukuev terma jamoa boshqaruviga rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning tayinlanishi ehtimoldan holi emasligi haqida gapirdi.
Kanchelskis Qirg‘iziston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqida Euro-Football.Ru internet nashri aprel oyi boshida xabar bergan edi.
“Aleksandr Krestinin bilan bugun rasman xayrlashganimizni hisobga olsak, bu lavozimga boshqa nomzodlarni avvalroq ko‘rib chiqa olmadik. Faqat bugundan boshlab biz mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqishni boshlaymiz. O‘ylaymanki, Kanchelskis nomi nomzodlar ro‘yxatida bo‘ladi”, - dedi Bukuev.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Kanchelskisning so‘nggi ish joyi Namanganning “Navbahor” klubi bo‘lgan edi. U “lochinlar” boshqaruvini 2020 yilning kuzida tark etgan.
Fikrlar