Qirg‘iz Respublikasiga qarshi sun’iy maydonda o‘ynaymizmi?

  • 8 sentabr, 2024, 19:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 sentyabr kuni "JCh-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv bo‘lib o‘tadigan Bishkekdagi maydon holati haqida gapirib o‘tamiz.

Tecno

Bishkekdagi arenaga chim bundan 35 kun avval ekilgan. Bugungi xolati - 70/30. Ya’ni 70 foiz tabiiy chimdan iborat. Bu tariqa, gibrid maydonlar bugungi kunda jahon standartiga aylanib ulgurdi. Misol uchub Uemblidagi o‘tgan Evropa chempionati finaldalda ham aynan Bishkekdagi singari gibrid chimdan foydalanilgan.

Soddaroq tilda tushuntirsak, maydon xolati ideal. Hozirgi "Bunyodkor"ni maydonidan 5 barobar yaxshiroq xolatda.

Qirg‘iz Respublikasi o‘yinni Bishkekda o‘tkazish uchun 24/7 formatida ishladi va uddasidan chiqdi. Vaholanki, Jalolobodda 5 ming ishqibozga mo‘ljallangan arena tayyor edi. Qo‘shnilar bizni terma bilan o‘yinni kattaroq stadionda o‘tkazishni istadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!