Qirg‘iz Respublikasi prezidenti o‘zbekistonlik murabbiyga mashina sovg‘a qildi

  • 11 sentabr, 2024, 15:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi. Qirg‘iz Respublikasi rahbari Hasanov Olimpiada kumush medali sohibi Munarbek Seyitbek Uuluga kerakli paytda yordam berganini ta’kidladi. 



Sadir Japarov o‘zbekiston boks murabbiyi Akmal Hasanovni qabul qilib, unga Munarbek Seyitbek Uuluning Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan g‘alabasiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik belgisi sifatida avtomobil sovg‘a qildi, deya xabar bermoqda Qirg‘iz Respublikasi davlat rahbari matbuot xizmati. 

Prezident Hasanov bilan suhbat chog‘ida uning xatti-harakati Qirg‘iz Respublikasi va O‘zbekiston xalqlarining do‘stligi va birligini namoyon qilganini ta’kidladi. 



"Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qo‘llab-quvvatlab, birdamlik va do‘stona munosabatlarni namoyon etib, sport tinchlik elchisi deb atalayotganiga butun dunyo guvoh bo‘ldi", - dedi Japarov. 

Uning qayd etishicha, Hasanov qirg‘izistonlik bokschiga ayniqsa yordamga muhtoj bo‘lgan paytda murabbiylik qilgan. 

"Ajdodlarimiz ota-bobolarimiz minnatdorchilik belgisi sifatida ot sovg‘a qilishgan. Hozirda mashina sovg‘a qilish odat tusiga kirgan bo‘lsa-da, an’ana ruhi o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu sizning beqiyos xizmatlaringiz uchun hurmat va minnatdorlik ifodasidir", - deya qo‘shimcha qildi Japarov. 

Akmal Hasanov samimiy so‘zlar uchun minnatdorchilik bildirib, Seyitbek o‘g‘li bilan yig‘inlarda ko‘p marta uchrashganini, shu sababli hech ikkilanmay, sekundantlik qilishga rozi bo‘lganini aytdi. 



Qayd etish lozim, Munarbek Seyitbek Uulu "Parij-2024" Olimpiadasi -57 kg vazn toifasida ishtirok etib, finalga qadar etib keldi. U finalda hamyurtimiz Abdumalik Xalokovga imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!