
Qirg‘iz Respublikasi O‘zbekistonning 10 ta o‘yinlik seriyasiga nuqta qo‘ydi
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralashining 3-bosqich ikkinchi turida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘ynadi va 3:2 hisobidagi og‘ir g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu bahsda mezbonlar Yusupov darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. So‘nggi marta bunday ishni 2023 yil 21 noyabr kuni Eron eplagandi.
Saralashning ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan ushbu o‘yinda forslar dastlab ikki marta darvozamizni ishg‘ol qilishga ulguradi. Ikkinchi bo‘limda esa O‘runov va Sergeevlarning gollari evaziga Katanets shogirdlari mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi.
Fikrlar