Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi: "Futbolda oddiy bir qoida bor - gol urmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz"

  • 6 mart, 2023, 17:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Qirg‘iz Respublikasi jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisitsin ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Juda qiyin raqibga qarshi bahs olib bordik. Birinchi taymda yaxshi harakat qildik. Rejalarimiz yaxshi ish berayotgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Raqib ham o‘z darajasi evaziga bizning kamchiliklarimizdan unumli foydalandi. Yaponiya kuchli terma ekanini bilardik. Afsuski, natija biz istagandek bo‘lmadi. 

Har bir gol uchrashuvga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Futbolda oddiy bir qoida bor - agar siz gol urmasangiz, g‘alaba qozona olmaysiz. 

Futbolda yaxshi o‘yin uchun ochko berilmaydi. Uchinchi bahsda borimizni beramiz va umid qilamizki, bu turda ochko qo‘lga kirita olamiz.

Ilk bo‘limda jamoam yaxshi o‘ynadi, to‘g‘ri. Birinchi gol ko‘rganingizdek, markazdan urildi. Aynan shu chiziqda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bu taktik emas, asosan, psixologik mag‘lubiyat degan bo‘lardim. Yigitlar o‘z ustida ishlashi kerakligini bilib oldik", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!