Qilichboz qizlarimiz g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Tunisda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan Gran-pri turnirining birinchi kunida ayollar o‘rtasidagi dastlabki saralash bahslari tashkil etildi.

Tecno

Murosasiz bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Fernanda Errera va Gulistan Perdibaeva raqiblarini dog‘da qoldirgan holda 1/32 final bosqichida kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Ahamiyatlisi, qur’a natijasiga ko‘ra, har ikki sportchimiz ushbu bosqichda ro‘baro‘ keladi. Shuningdek, mazkur nuqtadan medallar uchun kurashga kirishadigan Zaynab Dayibekova hongkonglik Sammer Sit bilan ishtirokini boshlaydi.

Erkaklar o‘rtasida tashkil etiladigan dastlabki kvalifikatsiya bosqichida hamyurtlarimiz Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov, Islambek Abdazov, Alpamis Urakbaev hamda Zuhriddin Qodirov jang olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!