Qaysi buyuk insonlar mohir bokschi bo‘lganligini bilasizmi?

  • 23 dekabr, 2019, 13:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks ayni kundagi eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Unga bo‘lgan e’tibor, qiziqish dunyoning har bir chetida yuqori desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu sport turining ham o‘z tarixi bor. O‘tmishda ham insonlar bu yakkakurash turiga befarq bo‘lishmagan. Ba’zan boks insonlar uchun o‘ziga xos umid bag‘ishlab, kundalik  mashg‘ulotiga aylanadi. Ya’ni himoya uchun, o‘zini kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasligi yo‘lida ham ushbu jangovar sport turiga oshno bo‘lishgan. Ular orasida butunjahonga mashhur siz kutmagan yozuvchilar, olimlarning ham bo‘lganligi inobatga olsak, boksning bu qadar taraqqiy etishi, ommaviyligini oshishiga tushungandek bo‘lasiz...

Tecno

Demak, bugun aslida boshqa soxada dong taratgan bo‘lsada, zamondoshlari orasida ajoyib bokschi sifatida ham tan olingan mashhurlar uchligi bilan tanishtiramiz.

Pifagor

 Grek allomasi haqida ko‘plab ma’lumotlarga egasiz. Uning o‘z vaqtida Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lganidan ham xabardor bo‘lsangiz kerak. Agar, Pifagorning ushbu natijasi borasida qiziqib ko‘rsangiz juda ko‘p chalkashliklarga duch kelishingiz ham mumkin. Jumladan, har-xil sport turlaridan g‘olib bo‘lganligi borasida bir-biriga zid keluvchi ma’lumotlarga ko‘zingiz tushadi. Lekin ushbu ma’lumotlarning yagona uyg‘un tarafi, musht bilan jang qiluvchi ajoyib yakkakurash ekanligi...

Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar Pifagorni boks bilan shug‘ullanganligini taxmin qilishgan...

boxers1

Artur Konan Doyl

Ushbu ingliz yozuvchisi “Sherlok Xolms va Doktor Uotsonning sarguzashtlari” misolida sizga juda yaxshi tanish. Mazkur asar muallifi Konan Doyl boks borasida juda mukammal bilimga ega ekanligi, bu sport turi bo‘yicha juda yaxshi mahorati borligi haqida juda ko‘plab ma’lumotlar bor. Uning asarlarini o‘qisangiz ham bevosita adibning boksga bo‘lgan muxabbatini anglashingiz mumkin. Ayniqsa, “Rodni Stoun” asarida bu yaqqol namoyon bo‘ladi.

 Qolaversa, uning yoshligi ko‘cha mushtlashishlari, o‘zaro “duel” janglari bilan o‘tgan. Xullas, uning ta’kidlashicha unga qadimgi irland dengizchilari tomonidan o‘ylab topilgan, “qadimiy boks” yoqqan va u bilan muntazam tarzda shug‘ullanib borgan.

arthur-conan-doyle-and-the-croxley-master-Kopirovat

Jek London

Amerikaliik yozuvchi, jurnalist, xarbiy muxbir Jek London nafaqat mashhur romanlarni yozgan, balki boks olamida ham taniqli jurnalist bo‘lgan. O‘zining maqolalari va xalq murojaatlari bilan  sobiq chempion Jeyms Jeffrini (1899-1904 yillardagi og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni) o‘sha vaqtda amaldagi chempion Jek Jonson (1908-1915 yillardagi birinchi qora tanli jahon chempioni) bilan jang qilish uchun ringga qaytishga majbur qila olgan.

Uning “Oy vodiysi”, "Meksikalik" asarlari esa tom ma’noda boksni targ‘ibotida muhim rol o‘ynagan. U mazkur jang san’ati haqida yoza olganini sababi, ushbu sport turini qalban tushuna olganligida bo‘lgan. Chunki uning o‘zi ham mohir charmqo‘lqop ustasi bo‘lgan.

89b29f5a773d3279b3ddd1b7b45e410c

 Bu borada yanada to‘liqroq ma’lumotlarni istasangiz, ularning asarlarini o‘qib chiqishni tavsiya qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!