"Qayrat" va "Paxtakor" bu safar Olmaota shahrida to‘qnash keladi!

  • 22 may, 2023, 18:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navbatdagi Markaziy Osiyo derbisi Olmaotada bo‘lib o‘tadi! "Paxtakor" 19 iyul kuni Olmaotada "Qayrat"ga qarshi o‘ynaydi.

Tecno

Yozning qaynoq pallasida bizni Markaziy Osiyo derbisida yon qo‘shnimiz, Qozog‘iston futboli bayroqdori "Qayrat" klubiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi kutmoqda. Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, "Qayrat" va "Paxtakor" bu safar Olmaota shahrida to‘qnash keladi.

Bahs 19 iyul kuni "Markaziy" stadionda mahalliy vaqt bilan 20:00 da, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!