"Qayrat" murabbiyi: EChLda biz ochkolar donori ekanligimizni aytishmoqda, biz esa buning aksini qilmoqchimiz

  • 17 sentabr, 18:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning "Qayrat" klubi bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin jamoasining Chempionlar ligasidagi maqsadlari haqida gapirdi.

Tecno

"Chempionlar ligasida biz ochko ulashuvchi ekanligimiz haqida gapirilmoqda. Bunday gaplar bizni ranjityapti. Shu sababdan ham biz buni aksini qilishga harakat qilamiz. Munosib o‘yin ko‘rsatib muhlislarimizni  xursand qilamiz. Chempionlar ligasiga chiqqanimizning o‘zi katta natija, aslida. Bizda hech qanday bosim yo‘q va maydonga tushib, o‘zimizni yorqin o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Kechagi "Qorabog‘"ning "Benfika"ga qarshi o‘yini hamma narsa bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqda. Nomlar emas, tirik odamlar maydonda o‘ynaydi. Biz barcha kuchimizni "Sporting" bilan o‘yinda ko‘rsatamiz", - deydi Urazbaxtin.

Ma’lumot uchun, "Qayrat" chempionlar ligasi umumiy bosqichida "Real Madrid", "Inter", "Bryugge", "Arsenal", "Olimpiakos", "Sporting", "Pafos" va "Kopengagen"ga qarshi maydonga tushadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!