Qatarga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchimiz mashg‘ulot o‘tkazdi

  • 16 dekabr, 2024, 20:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi va Saudiyaning "Al-Fayha" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov mashg‘ulotlarga qaytdi. Futbolchi jamoasining Qatardagi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.

Tecno

28 yoshli futbolchi "JCh-2026 saralashi" doirasidagi Qatarga qarshi o‘yinda jarohat olgandi va shifokorlar xulosasiga ko‘ra KXDR terma jamoasiga qarshi bellashuvga ham bormadi. 

Ma’lumot uchun, "Al-Fayha" 15 dekabrdan 6 yanvarga qadar yig‘in o‘tkazadi. Jamoa Quvaytning "Al-Salmiya" va Saudiyaning "Al-Vahda" jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!