
Qatardagi jahon chempionati muddatidan oldin boshlanishi mumkin
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlanish muddatida biroz o‘zgarish kiritishi mumkin, deb xabar bermoqda “Marca” nashri.
Manbaga ko‘ra, tashkilot o‘yinlar jadvaliga o‘zgartirish kiritish masalasini muhokama qilmoqda.
Qayd etilishicha, jahon chempionati starti bir kun avvalroq bo‘lishi mumkin. Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish o‘yini 21 noyabrda emas, balki 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Bunday qaror faqat ovoz berish natijalariga ko‘ra qabul qilinishi kerak. Jarayonda FIFA prezidenti Janni Infantino va futbol konfederatsiyalari rahbarlari ishtirok etadi.
Ma’lumot o‘rnida, jahon chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar o‘tkazilishi kerak edi.
Fikrlar