Qatar Yulduzlar Ligasi. Rashidov 75 daqiqa harakat qilgan o‘yinda "Umm-Salal" kichik hisobda g‘alaba qozondi

  • 24 avgust, 2022, 21:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar Yulduzlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Umm Salal" va "Al-Sayliya" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

Bellashuvning 42-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Juan Karlush Teysheyra o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu gol yakunda o‘yin taqdirini hal qildi.

Legionerimiz Sardor Rashidov asosiy tarkibda bahsni boshladi va 75-daqiqada o‘z o‘rnini Adil al-Suleymaniga bo‘shatib berdi.

Ma’lumot uchun, "Umm Salal" ayni payt jadvalda 4 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!