
Qatar - O‘zbekiston: Uchrashuvni qanday tomosha qilish mumkin?
Bugun U23 Osiyo Kubogining 2-tur bahslariga start beriladi.
"A" guruhi favoritlaridan sanalgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun pley-off masalasini hal etishi mumkin. Buning uchun vakillarimiz qatarlik tengqurlari ustidan g‘alaba qozonishi talab etiladi.
Bellashuv soat 20:00 da start oladi va "UzReport TV" kanali orqali translyatsiya qilinadi. Uni Davron Fayziev hamda Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.
Fikrlar