
“Qassob” futbolchi qamaldi
Frantsiya chempionatining to‘rtinchi divizionida o‘ynab kelgan futbolchilardan biri raqib muxlislariga pichoq bilan hujum qilgani uchun to‘qqiz ochga qamaldi.
Bu voqea “Brianson” va “Manoks” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ro‘y berdi.
Nomi sir tutilayotgan futbolchi bellashuvning 86-daqiqasida maydondan haydaladi. O‘zini bosa olmay jumbushga kelgan o‘yinchi qaerdandir pichoq topib, raqib muxlislar o‘tirgan tribunaga bostirib boradi.
O‘yinchining o‘zi muxlislar ichiga biror kimni zararlash maqsadida borgani va hatto qo‘lida pichoq bo‘lganini inkor qilyapti. Lekin dalillar buning aksini ko‘rsatgan.
Noxush voqea sodir bo‘lganidan keyin uchrashuv hakamlari o‘yinni erta to‘xtatdi va ular ham sudda guvoh sifatida ishtirok etishiga to‘g‘ri keldi. Sud futbolchini qamoqqa jo‘natish bilan birga unga besh yil davomida stadionlarga kirishni va 10 yil muddatga qurol olib yurishni taqiqladi.
Fikrlar