Qariya Modrich to‘xtamayapti

  • 7 sentabr, 2022, 12:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Seltik"ga qarshi o‘yinda gol urdi.

Tecno

Glazgodagi “Seltik Park” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Xorvatiyalik futbolchi 36 yosh-u 362 kunligida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib,  1965 yildan keyin Madrid klubinining Chempionlar ligasida gol urgan eng keksa futbolchisiga aylandi.

1965 yilda hujumchi Ferents Pushkash 38 yosh-u 173 kunligida "Feyenoord" darvozasiga gol urib, klub rekordini o‘rnatgan edi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan so‘ng “Real” 3 ochko qo‘lga kiritib, “F” guruhi turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Seltik” esa 0 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!