
Qariya Alveshdan yangi rekord
Braziliyalik himoyachi Dani Alvesh La Liga doirasidan o‘rin olgan "Granada" - "Barselona" jamoalari o‘rtasida bahsda "ko‘k-anorranglilar" safida maydonga tushgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi.
U bunday natijaga 38 yosh-u 247 kunligida erishdi. Bundan avvalgi rekord 38 yosh-u 190 kunlik sobiq darvozabon Pintoga tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, fulbek "Granada"ga qarshi bahsda chempionat doirasida debyutini amalga oshirish bilan birga o‘z hisobiga assistni ham yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar