Qanday qilib?! "Barselona" Levandovski uchun naqd 7 klubdan hamon qarzdor

  • 17 oktabr, 2024, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi Robert Levandovski transferi uchun naqd 7 ta klubdan qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi.

"AS Katalonia" nashrining moliyaviy hisobotida keltirilgan ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, "Barselona" ba’zi Evropa klublariga transferlar uchun jami 147 million evrodan sal ko‘proq qarzdor bo‘lib, shundan 45 millioni tezroq muddatda, 102 millioni esa uzoq muddatda qaytarilishi kerak.

Tecno

2022 yilning yozida "Bavariya"dan 50 million evro evaziga jamoaga qo‘shilgan Robert Levandovski uchun ettita klub "Barselona"dan pul olishi kerak. Myunxen jamoasi kataloniyaliklardan jami 21 million evro olishi kerak. Bundan tashqari, vingerning transferi orqali "Borussiya Dortmund" 156.000, "Legiya" 100.000, "Lex" 238.000, "Delta" 66.000, "Znich" 226.000 va "Poloniya" 338.000 evro olishlari lozim.

"Barselona" faqat shu bilan qutulib qolmaydi. Jamoa 2022 yilda "Lids"dan 58 million evro evaziga qo‘shilgan Rafinyaning transferi uchun ham ma’lum summa to‘lashi kerak. Klub inglizlarga deyarli 42 million evro to‘lashi kerak. Qolgan pul forvardning avvalgi klublari "Sporting" va "Renn"ga to‘lanishi kerak.

Yana Ferran Torres uchun "Manchester Siti"ga Ferran Torres uchun 65 million, "Betis"ga esa Emerson Royal uchun 900 ming va Junior Firpo uchun 600 ming evro o‘tkazib berilishi kerak.

Shuningdek, ayni damda aynan "Betis"da ijara asosida o‘ynayotgan Viktor Roke uchun "Atletiko Paranaense"ga 20 million evro miqdoridagi pullar to‘lab berilishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!