Qancha kerak? Yamalni “Barsa”dan olib ketishadi...

  • 18 mart, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Taniqli futbol agenti Jorje Mendesh “Barselona” prezidenti Joan Laportani o‘z mijozi Lamin Yamalni  Saudiya Arabistoni klublari olib ketmoqchi ekanidan ogohlantirdi.

El Nacional nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining bir necha klubi 17 yoshli hujumkor futbolchi uchun ko‘pmillionli shartnomalar berishga tayyor ekan.

Bu vaziyatda juda ko‘p narsa Lamin Yamalning tanloviga bog‘liq bo‘ladi. uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

“Barselona” o‘z futbolchisi 18 yoshga to‘lishi bilan unga yangi professional shartnoma berishni rejalashtirmoqda.

Lamin Yamalning o‘zi klubda qolishi haqida gapirgan edi. “Barselona”ning moliyaviy ahvoli va pulning qudratini inobatga olib, vaziyat o‘zgarishi mumkinligi aytilmoqda.

Transfermarkt portali tomonidan 180 million evroga baholanayotgan Lamin Yamal joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 17 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!