Qancha? 150 million evro? MYu qimmat xaridni amalga oshirishi mumkin

  • 8 noyabr, 2022, 13:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sky Germany" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Manbada yozilishicha, yarim himoyachi "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xagning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Tecno

"Manchester Yunayted" rahbariyati 19 yoshli angliyalik uchun "Borussiya" talab qiladigan 150 million evroni to‘lashi kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" ushbu summani berishga tayyor.

Bellingem joriy mavsumda klubi safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!