Qadrdon klub Neymardan yuz o‘girdi

  • 27 yanvar, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol”dan ketishni maqsad qilgan Neymar “Barselona”ga qaytishga harakat qilgan. Bu haqda jurnalist Viktor Navarro xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, braziliyalik yulduzning agentlari uning xizmatini sobiq klubiga taklif bir necha bor taklif qilgan.

Neymar Evropaga kelgan davrda “Barselona”da to‘rt yil faoliyat yuritganiga qaramay, qadrdon jamoasi rahbariyati uni ortga qaytarishga ko‘nmadi.

“Barselona” 2017 yili Neymarni PSJga transfer qilgandi. O‘shanda hujumchi uchun to‘langan 222 million evro hali hamon jahon futbolida eng qimmat transfer bo‘lib turibdi.

Neymar 2023 yili Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi. “Al-Hilol” mashhur yulduz uchun PSJga 90 million evro badal puli to‘lagan. Bir mavsum uchun yuz million evrodan ko‘proq maosh olayotgan Neymar yangi jamoasiga kelganidan beri atigi ettita uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Saudiyaliklar bu transferdan kuygan va tezroq besamar qimmatbaho o‘yinchidan qutilishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!