Qachon Qoraqalpog‘istonga katta futbol qaytadi? Ravshan Ermatov bu savolga javob berdi

  • 22 aprel, 2020, 19:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA Media bo‘limi “Savol yo‘llang!” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu loyiha doirasida tashkilot birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov muxlislar yo‘llagan savollarning eng saralariga javob berdi.

Tecno

– Assalomu alaykum, Ravshan aka. Men Nukusdan Aybekman, savolim quyidagicha: Qoraqalpog‘istonda futbol muxlislari Vodiydagidan kam emas. Oxirgi marta Oliy liga havosidan 2001-2002 mavsumda nafas olganmiz. Qachon Qoraqalpog‘istonga katta futbol qaytadi? (6365.bek)

– Qoraqalpog‘istonda futbol an’analari uzoq yillarga borib taqaladi. Ushbu o‘lkadan terma jaomamiz uchun bir qancha iste’dodlar etishib chiqqan, qolaversa bugungi kunda ham qoraqalpog‘istonlik ko‘plab mutaxassislar futbolimizdagi faoliyatini muvaffaqqiyatli davom ettirmoqdalar. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFK bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda FIFA standartlariga mos zamonaviy futbol maydonini qurib bitkazdi. O‘ylaymanki, yuqori sifatli maydon mahalliy futbolchilar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Shu bilan birga tan olish kerak, yuqori ligalarimizda Qoraqalpog‘iston klublari soni ko‘p emas. Biz muammoni atroflicha o‘rganib chiqish maqsadida joylarga borib futbol bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Qoraqalpog‘istonga O‘FAning mutaxassislari guruhini yuborib, bolalar futbolidan tortib, professional futbol ob’ektlari faoliyatini sinchikovlik bilan o‘rgandik. Kamchiliklar bor. Lekin, bosqichma-bosqich ularni bartaraf etish va qoraqalpoq futbolini mavqeini tiklash bo‘yicha reja tuzib chiqildi. G‘alabalar hali oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!