Pyotr Yan: "Merab Dvalishvilini nokaut qilmoqchiman"
32 yoshli UFC sobiq chempioni Pyotr Yan 61 kg vazn toifasida amaldagi chempion Merab Dvalishviliga qarshi revansh haqida gapirdi.
"Men nokaut bilan g‘alaba qozonishni xohlayman. Shundagina muhokamaga o‘rin qolmaydi. Men revanshda kamarni qaytarib olmoqchiman. Buning uchun menda hamma narsa bor", - dedi rossiyalik UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr va Merab o‘rtasidagi ilk to‘qnashuv 2023 yilning 11 mart kuni "UFC Fight Night 221" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda Dvalishvili hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar