Pyotr Yan: "Merab Dvalishvili tom ma’noda o‘z hovlisida jang qiladi"
O‘ta engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Pyotr Yan amaldagi chempion Merab Dvalishvili bilan bo‘lajak revansh haqida o‘z fikrlari bildirdi.
"Merabning ko‘plab janglari qaerda o‘tadi? Iltimos, eslatib qo‘ying. Shu erda, Las-Vegas yoki Los-Andjelesda! Uning AQShdagi uyidan UFC turnirlari o‘tadigan joygacha bor-yo‘g‘i to‘rt soatlik yo‘l. U tom ma’noda o‘z hovlisida jang qilmoqda. Ko‘plab ishtirokchilar esa 13-15 soatlab vaqtini yo‘lda o‘tkazishadi. Agar Dvalishvilining o‘rnida bo‘lganimda, yiliga 4 marta emas, 5 marta oktagonga chiqardim", - dedi rossiyalik ijtimoiy tarmoqlarida.
Eslatib o‘tamiz, Yan (19-5) va Merab (21-4) to‘qnashuvi 7 dekabr kuni "UFC 323" turnirida o‘tkaziladi.



Fikrlar